FAQ

Mualliflik huquqini himoyalovchi belgi – mualliflik huquqini himoyalovchi belgi barcha turdagi nashrlar titulining orqa tomoni o'ng pastki burchagida joylashadi. Mazkur belgi O'zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida”gi qonuni bilan jismoniy va yuridik shaxslarning nashrga bo'lgan intellektual mulki va mualliflik huquqlari himoya qilinishini anglatadi. Mualliflik huquqini himoyalovchi belgi asar yoki nashrning boshqa qismini mualliflik huquqi bilan himoya qilinganini ko'rsatadi.

Lotin harfi “S” aylana shakl bilan o'raladi ©, shuningdek, mualliflik huquqi egasining nomi va nashr qilingan yil ko'rsatiladi.

Masalan: 

© M.M.Mamasiddiqov, 2019 y.

© Bosh prokuratura Akademiyasi, 2019 y.

Mualliflik belgisi – mualliflik belgisi o'zida muallifning familiyasini yoki nashrning birinchi bosh harflarini ko'rsatuvchi shartli harfni ifodalaydi. U muallif familiyasining birinchi harflaridan (agar asarda uchtadan ko'p muallif bo'lmasi birinchi muallifning) yoki sarlavhaning dastlabki so'zlarining birinchi harfidan (agar mualliflar uchtadan ko'p bo'lsa yoki muallif bo'lmasa), sarlavha va mazkur familiyaning bosh harflariga mos ravishdagi miqdordan iborat bo'ladi. Mualliflik belgisi L.B. Xavkinning mualliflik jadvali bo'yicha belgilanadi.

Mualliflik belgisi klassifikatsion indekslardagi abbreviaturalarsiz titul varag'ining orqa tomoni yuqori burchagida klassifikatsion indekslardan keyin shrifti bilan bir xil darajada beriladi.

Masalan:

UDK    633 (571.1)

BBK    41/42 (2R53)

S781

  • Kutubxona – bibliografik klassifikatori (BBK yoki KBK);
  • universal o'nlik tasniflash indeksi klassifikatsiyasi (UDK).

Mazkur indekslar nashrlarni (kitobni) kutubxona va axborot resurs markazlarida bilimlarning qaysi yo'nalish va sohasiga tegishli ekanligini qisqa va aniq belgilab beradi.

Qoida tariqasida ushbu indekslar kutubxona va axborot resurs markazlari tomonidan BBK va UDK larning tegishli jadvallari asosida belgilab beriladi. Klassifikatsion indekslar titul varag'ining orqa tomoni yuqori burchagida alohida qatorlarda qo'yiladi.

Masalan:

UDK    633 (571.1)

BBK    41/42 (2R53)

Xalqaro standart seriya raqami (ISSN) – mazkur raqam bloklari ISSN Xalqaro markazi tomonidan o'rnatiladi va taqsimlanadi. Mazkur raqamlar seriyali tarzda chop etiladigan nashrlarga beriladi.

ISBN va ISSN mavjudligi nashriyotchilar, kitob bilan savdo qiluvchilar, kutubxonachilar, ilmiy xodimlarga O'zbekiston va uning tashqarisida nashrlarni qiyinchiliksiz tarqatish, mamlakatimiz va xorijiy avtomatlashtirilgan tizimlarda nashrlar haqidagi axborotni qidirib topish imkonini beradi.

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida kitob va jurnallarni interfaol shaklda standart raqamlash xalqaro tizimida ISBN hamda ISSN raqamlarini ro'yxatdan o'tkazish va olishga yordam beradigan xizmat tashkil qilingan. Xizmatdan kutubxonaning natlib.uz rasmiy saytidagi "ISBN & ISSN" bo'limida foydalanish mumkin.

Xalqaro standart raqam (ISBN International Standard Book umber) – kitoblarni savdo tarmoqlarida tarqatish  va nashr bilan bog'liq ishlarni avtomatlashtirish uchun zarur bo'lgan kitob nashrining unikal raqami. ISBN raqami har bir kitobni alohida aniqlash imkonini beradi. Mazkur raqam asosida kitobning shtrix kodi yaratiladi.

Ilmiy maqola – muayyan ilmiy mavzu yuzasidan yaxlit, tugallangan, mantiqiy izchillikda tayyorlangan asar. Maqola odatda 8-10 varaqdan iborat bo'ladi.

Monografiyaning hajmi 12,0 bosma taboqdan kam bo'lmasligi kerak.

Monografiyani  ko'rib chiqish, tasdiqlash va chop etishga tavsiya etish OUYU Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Kengashda ko'rib chiqish uchun monografiya qo'lyozmasi bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  • ilmiy nashrning prospekt rejasi (namuna ilova qilinadi);
  • monografiyani nashr etishga tavsiya etish to'g'risidagi tegishli kafedraning majlis bayonnomasidan ko'chirma;
  • ichki va tashqi taqriz, Ilmiy-uslubiy Kengash tomonidan belgilangan ekspert xulosasi.

Ilmiy-uslubiy Kengash birinchi navbatda fan doktori ilmiy darajasini olish bilan bog'liq monografiyalarni ko'rib chiqadi va chop etishga tavsiya etadi.

Ichki va tashqi taqrizchi, ekspertlar tomonidan ijobiy baholangan va Kengash muhokamasida chop etishga tavsiya etilganligi haqida Kengash majlisi bayonnomasidan ko'chirma taqdim etiladi.

 Monografiyaning tuzilishi quyidagilardan iborat bo'lishi tavsiya etiladi:

  • muqova;
  • titul varag'i;
  • titul varag'ining orqa tomoni;
  • kirish;
  • asosiy qism;
  • adabiyotlar ro'yxati;
  • ilova.

Monografiya – bir yoki bir necha mualliflar tomonidan muayyan muammo yoki mavzuni to'liq va batafsil tadqiq etishga bag'ishlangan ilmiy yoki ilmiy-ommabop nashr. Monografiya kitob shaklida chop etiladi. Monografiyani chop etishdan maqsad amalga oshirilgan ilmiy va amaliy ishlarning natijalarini umumlashtirish hisoblanadi. Monografiyada muayyan masala yuzasidan tegishli adabiyotlar tahlil etiladi va umumlashtiriladi, fanni rivojlantirishga yo'naltirilgan yangi g'oyalar va gipotezalar ilgari suriladi. Doktorlik dissertatsiyalari doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlarning muayyan qismi monografiya ko'rinishida ilmiy jamoatchilikka taqdim etilishi mumkin.

Risola – ijtimoiy-siyosiy yoki ilmiy-ommabop tusdagi uncha katta bo'lmagan kitob nashri. Uning hajmi odatda 50 varaq yoki 3 bosma taboqdan ko'p bo'lmagan, yumshoq muqovaga ega bo'lgan shaklda chop etiladi.

Davra suhbatlari, konferentsiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar materiallari – o'tkazilgan tadbirlarning xulosalari, o'qilgan ma'ruzalar matnlari,  ilmiy maqolalar, tavsiya va qarorlarni o'zida ifodalaydigan  davriy bo'lmagan to'plam.

Konferensiyalar, davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar tezislari to'plami – o'tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlardagi ma'ruza va chiqishlarning qisqacha mazmuni aks etgan davriy bo'lmagan to'plam. Mazkur materiallar dastlabki tanishtiruv tusiga ega bo'lib, odatda tadbir o'tkazilishidan oldin chop etiladi. Bunda ilmiy ma'ruzaning, maqola yoki boshqa ilmiy ishning mazmuni qisqa, aniq, mantiqiy izchillikda bayon etiladi.

Ilmiy ishlar to'plami – ilmiy muassasalar, o'quv yurtlari, ilmiy jamiyatlarning tadqiqot natijalarini, muayyan fan sohasi yetuk vakillarining tahliliy - ilmiy maqolalarini o'zida mujassamlashtirgan to'plam. Mazkur to'plamlar davriy tarzda ham chiqarilib borilishi mumkin.

  • dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan barcha ilmiy ishlar dissertatsiya mavzusiga muvofiq bo'lishi kerak.
  • dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan ilmiy ishlarning nashr qilinganligiga oid ma'lumotlar aks ettirilishi, shu jumladan barcha mualliflar to'liq yozilishi va maqolalar e'lon qilingan jurnal yoki to'plamlarning sahifalari aniq ko'rsatilishi lozim.
  • nashrga topshirilgan, lekin e'lon qilinmagan ishlar dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas.
  • agar izlanuvchining maqolalari hammualliflikda yozilgan bo'lsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalardan o'z dissertatsiyasida qisman yoki to'la foydalanish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligini olishi zarur.
  • OAKga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari yuboriladi.
  • birinchi bo'limda — Ro'yxatga kiritilgan ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlar hamda intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar);
  • ikkinchi bo'limda — dissertatsiya mavzusi bo'yicha nashr etilgan boshqa ilmiy ishlar.

O'quv adabiyotlari, shu jumladan darsliklar dissertatsiya natijalarini aks ettiradigan e'lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kirmaydi.

  • e'lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo'lmasligi kerak;
  • dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma'ruza yoki ma'ruza tezisi) xalqaro konferentsiya materiallari to'plamida e'lon qilingan bo'lishi shart;
  • ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari bo'yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e'lon qilinishi kerak;
  • ulardan Ro'yxatga kiritilgan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog'i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e'lon qilingan bo'lishi kerak.
  • e'lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam bo'lmasligi kerak;
  • dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferentsiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma'ruza yoki ma'ruza tezisi) xalqaro konferentsiya materiallari to'plamida e'lon qilingan bo'lishi shart;
  • ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) OAKning Ro'yxatiga kiritilgan nashrlarda chop etilishi lozim.
  • e'lon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak;
  • dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida o'tkazilgan ilmiy konferentsiyalarda va seminarlarda muhokamadan o'tkazilishi shart;
  • dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda e'lon qilinishi lozim;
  • ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida e'lon qilingan asosiy ilmiy ishlar yakka mualliflikda bajarilgan bo'lishi kerak.

Dissertatsiya tadqiqotida zamonaviy talablarga javob beradigan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati, izlanuvchining xohishiga ko'ra, alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi. Foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro'yxatga kiritish taqiqlanadi.

Dissertatsiyada foydalanilgan materiallarning manbasi, ularning muallifi va nomi to'liq ko'rsatilishi, shuningdek hammualliflarning g'oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida bu haqda qayd etilishi shart.

Izlanuvchi hammualliflikda yaratilgan (yozilgan) ilmiy ishidagi faqat o'zining hissasini dissertatsiyasiga kiritishi mumkin.

O'zganing materialidan uning muallifi va manbasini ko'rsatmasdan foydalanilgan hollarda dissertatsiya u qaysi bosqichda ko'rilayotgan bo'lishidan qat'i nazar muhokamadan olib tashlanadi va talabgor ushbu mavzu bo'yicha dissertatsiyani qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi.