Malaka oshirish

Bosh prokuratura Akademiyasida prokuratura organlari xodimlari davomiyligi 144 soatdan kam bo'lmagan malaka oshirish kurslarida o'qitiladi. O'quv mashg'ulotlari qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yetkazish, kasbiy ko'nikma va malakalarni takomillashtirish, prokuror-tergov
ishining ilg'or yutuqlarini o'rgatish, shuningdek, prokuratura organlari xodimlari faoliyatidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga yo'naltirilgan.

Prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi.

Malaka oshirish kurslari prokuratura organlari xodimlari ish joyidan to'liq yoki qisman ajralgan holda kunduzgi shaklda, shuningdek, ish joyidan ajralmagan holda masofaviy (elektron on-line yoki off-line) ta'lim shakllarda ham tashkil etiladi.

Tinglovchilarning o'quv kursini o'zlashtirish darajasi joriy, oraliq va yakuniy nazorat shakllari, shuningdek, malaka ishi himoyasi natijalarini baholash orqali aniqlanadi. Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikat beriladi.

Bosh prokuratura Akademiyasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida o'zaro hamkorlik masalalari yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari ham malakasini oshiradi.