Ustuvor vazifalar

Ilmiy salohiyatni kuchaytirishga doir chora-tadbirlarni belgilash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish, shuningdek boshqa tarkibiy bo'linmalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish borasida:

  • ilmiy-tadqiqot mavzulari bazasini shakllantirish;
  • dolzarb huquqiy muammolar bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazish va ushbu sohadagi xalqaro tajribani o'rganish ishlarini muvofiqlashtirish;
  • ilmiy kadrlar, shuningdek Akademiya tinglovchilari tomonidan ilmiy ishlanmalar chop etilishi borasidagi faoliyatni bo'lim, markaz va kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida bo'lim va markazlar bilan hamkorlikda kafedralarga uslubiy yordam ko'rsatish;
  • ilmiy tadbirlar o'tkazilishiga ko'maklashish;
  • Akademiyada ilmiy salohiyat holatining doimiy monitoringini amalga oshirish;
  • Akademiya Ilmiy kengashi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish va boshqalar.
     

Ilmiy kadrlarni tayyorlash faoliyatini amalga oshirish borasida:

  • tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish ishlarini tashkil etish;tasdiqlangan reja asosida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning malakaviy imtihonlarini topshirish jarayonini tashkil etish;
  • doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy izlanishlari samaradorligi va sifati monitoringini amalga oshirishda ishtirok etish va boshqalar.
     

Davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida fundamental, amaliy tadqiqot va innovatsion loyihalarning bajarilishini nazorat qilish borasida:

  • fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarining bajarilishi uchun vaqtinchalik ilmiy-ijodiy jamoani tuzish;
  • Akademiyada davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida olib borilayotgan ilmiy loyihalarning bajarilishini nazorat qilish;
  • fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarni muvofiqlashtirish va ular yuzasidan hisobotlarni Akademiya Kengashida muhokama qilishga tayyorlash;
  • davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida olib borilayotgan ilmiy loyihalarning natijadorligi va samaradorligini monitoring qilish hamda ularning natijalari yuzasidan tahliliy hisobotlarni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish va boshqalar.