Qabul talablari

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga “12.00.07-Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo'yicha tayanch doktoranturaga (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka (PhD,  DSc) qabul bo'yicha talablar.

 

I. Tayanch doktoranturaga (PhD) quyidagilarga ega bo'lganlar qabul qilinadi:

magistr darajasiga, oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) ega bo'lganlar;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo'lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo'nalishlar bo'yicha ikkitadan kam bo'lmagan ilmiy ishlar to'plamlariga kiritilgan ma'ruza tezislariga ega bo'lganlar.

 

Tayanch doktoranturada (PhD) o'qish uchun talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Akademiya boshlig'i nomiga tayanch doktoranturaga (PhD) qabul qilish haqida ariza;

talabgorning qisqacha biografik ma'lumotnomasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) to'g'risidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etishlari mumkin.

 

II. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:

magistr yoki oliy ma'lumot to'g'risidagi (ixtisoslik bo'yicha) diplomga ega bo'lganlar;

belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo'lganlar (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo'nalishlar bo'yicha ikkitadan kam bo'lmagan ilmiy ishlar to'plamlariga kiritilgan ma'ruza tezislari);

kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari)ga ega bo'lganlar.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Akademiya boshlig'i nomiga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish haqida ariza;

talabgorning qisqacha biografik ma'lumotnomasi;

oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) to'g'risidagi diplom nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar ro'yxati va ularning nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

 

III. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo'lish;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so'ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, xususan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo'lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo'nalishlar bo'yicha ilmiy ishlar to'plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo'lish.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Akademiya boshlig'i nomiga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish haqida ariza;

talabgorning qisqacha biografik ma'lumotnomasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari;

fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijiy davlatda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo'lganligi to'g'risidagi diplom nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

Hujjatlar Akademiya qabul komissiyasi tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo'lgan davrda qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturada o'qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta'limning oldingi darajalarida o'rganilgan xorijiy til) bo'yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o'rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo'lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo'lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo'lmagan) bo'yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo'lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Kirish imtihonlari savollari Akademiyaning qabul komissiyasi tomonidan mutaxassislikning mohiyatidan kelib chiqib tuziladi va Akademiiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Eslatma: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 iyuldagi 606-sonli qarori bilan talabgorlar OTM yoki ITM rahbarining har chorakda 5 mart, 5 iyun, 5 sentyabr va 5 dekabrgacha e'lon qilinadigan buyrug'i bilan mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilishi belgilandi.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish ixtisoslik bo'yicha suhbat natijalari va Bosh prokuratura Akademiyasi qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo'yicha amalga oshiriladi.