O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI AKADEMIYASI QABUL E'LON QILADI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI AKADEMIYASI QABUL E'LON QILADI

I. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilarga ega bo'lganlar qabul qilinadi:

magistr yoki oliy ma'lumot to'g'risidagi (ixtisoslik bo'yicha) diplomga ega bo'lganlar;

dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qiluvchi ilmiy maqolalarga ega bo'lganlar (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo'nalishlar bo'yicha ikkitadan kam bo'lmagan ilmiy ishlar to'plamlariga kiritilgan ma'ruza tezislari);

kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari)ga ega bo'lganlar.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Akademiya boshlig'i nomiga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish haqida ariza;

talabgorning qisqacha biografik ma'lumotnomasi;

oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) to'g'risidagi diplom nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar ro'yxati va ularning nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishda dissertatsiya himoyasiga qadar izlanuvchilar:

ixtisoslik hamda chet tili bo'yicha malakaviy imtihon topshirishi;

dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokama qilinishini ta'minlashi;

OAK tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda chop etilgan dissertatsiyasining asosiy natijalarini aks ettiradigan kamida uchta (shu jumladan
bittasi xorijda) ilmiy maqolaga ega bo'lishi SHART.

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutlarida o'qish uch yilgacha davom etadi.

 

II. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajaga ega bo'lganlar;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so'ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qiluvchi ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar,
seminarlar va tegishli ilmiy yo'nalishlar bo'yicha ilmiy ishlar to'plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo'lish.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Akademiya boshlig'i nomiga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish haqida ariza;

talabgorning qisqacha biografik ma'lumotnomasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar ro'yxati va ularning nusxasi;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoya qilishgacha izlanuvchilar:

dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokama qilinishini ta'minlashi;

OAK tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda chop etilgan dissertatsiyasining asosiy natijalarini aks ettiradigan kamida o'nta (shu jumladan bittasi xorijda) ilmiy maqolaga ega bo'lishi SHART.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar dissertatsiya natijalari bo'yicha monografiya chop etgan
bo'lishi LOZIM.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar 2020 yil 15 yanvardan 25 fevralga qadar http://|phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro'yxatdan o'tgach, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion o'rnatilgan tartibda tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markaziga 2020 yilning 25 fevraliga qadar barcha zaruriy hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi.