Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan o'tkazilgan suhbat natijalari haqida

2020 yilning 3 mart kuni 12.00.08 – Jinoyat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi hamda 12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar) ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish bo'yicha navbatdagi tanlovning yakuniy bosqichi – talabgorlar bilan suhbat o'tkazildi.

Unda Bosh prokuratura Akademiyasi, TDYUU va Yuristlar malakasini oshirish markazining yetakchi olimlari, xususan, yuridik fanlar doktorlari B.X.Po'latov, F.X.Raximov, A.A.Otajonov, M.M.Mamasiddiqov, U.A.Tuxtasheva hamda yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori X.A.Karimovlar ishtirok etdilar.

Suhbatda komissiya a'zolari tomonidan sud-huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, talabgorlarning ilmiy izlanishlarni amalga oshirish bo'yicha ko'nikmalari, tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ahamiyati haqida savollar berildi.

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni bo'yicha tegishli qaror qabul qilindi.