Ta'lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma'naviy- ma'rifiy asoslari

2020 yil 9 mart kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida “Ta'lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma'naviy-ma'rifiy asoslari” mavzusidagi sohaning malakali mutaxassislari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Milliy universiteti rektori, professor A.R.Maraximov, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo'mitasi raisi B.D.Matmuratov, Bosh prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy ta'lim markazi boshlig'i B.I.Ismoilov, Oliy ta'lim vazirligi Ma'naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig'i O.X.Bazarov, IIV Akademiyasi Kriminologiya kafedrasi dotsenti SH.K.Raximov ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5729-sonli Farmonida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi, korrupsiya xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida, aholining keng qatlamini ushbu illatlardan xabardor qilish va fuqarolarning ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi, madaniyatni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, unga imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta'minlash kabi o'ta muhim masalalar doirasida fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbirda “Oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida “komplaens nazorat” (compliance control) tizimini joriy etish, jumladan, professor-o'qituvchilar va boshqa xodimlarining yurish-turishi, shuningdek ular faoliyatida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan namunaviy kasbiy deontologik talablar tizimini ishlab chiqish jarayonlarini jadallashtirish zarur”ligi haqida to'xtalib o'tildi.