Ilm va ma'rifat – taraqqiyot garovi

2020 yil 13 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi tomonidan ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yiliga bag'ishlangan “Dissertatsiyaning kirish qismini rasmiylashtirish: talab va tavsiyalar” mavzusida ilmiy seminar o'tkazildi.

Seminarda Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar qatnashdi. Seminarda Iqtisodiy jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish kafedrasi dotsenti V.Karimov ma'ruza qildi.

Ma'ruzachi tomonidan dissertatsiyaning kirish qismini rasmiylashtirish bo'yicha batafsil ma'lumot berildi. Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o'tib, ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.