Toshkent shahar prokurorining Akademiya magistraturasi tinglovchilari bilan uchrashuvi o'tkazildi

2019 yil 13 noyabr` kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Toshkent shahar prokurori B.B.Valievning magistratura tinglovchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Akademiya xodimlari va Toshkent shahar prokuraturasining tarmoq rahbarlari ishtirok etdi.

Toshkent shahar prokurori o'z ma'ruzasida bugungi kunda shahar prokuraturasi organlari oldida turgan vazifalarni to'laqonli amalga oshirish va shahar prokuraturasi organlarini tom ma'noda “xalq prokuraturasi”ga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarga to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, ma'ruzada shahar prokuraturasi organlari tomonidan o'tgan qisqa vaqt ichida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilgan ishlar, xususan, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni amalga oshirish ko'lamini yanada kengaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, yoshlar bilan yaqindan muloqot o'rnatish, sud-huquq tizimidagi qonunchilikni qo'llash amaliyotidagi muammolarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratilayotganligi aytib o'tildi.

Uchrashuv yakunida tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.