Vena shahrida bo'lib o'tgan hamkorlik uchrashuvida Akademiya vakilining ishtiroki

Joriy yilning 26-27 noyabr kunlari Vena shahrida BMT Global kun tartibining 2030 yilgacha bo'lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) asosida tashkil etilgan “Bolalar uchun ijtimoiy adolatning samaradorligini ta'minlash maqsadida o'zgarishlar monitoringi” tadqiqoti (TransMonEE) dasturining yillik uchrashuvida Bosh prokuratura Akademiyasining xodimi ishtirok etdi.

TransMonEE dasturi YUNISEF Tadqiqot markazi rahbarligida Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH va Boltiqbo'yi mamlakatlarida bolalar, yoshlar va ayollar farovonligining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini muntazam ravishda kuzatib borish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yig'ilishda bolalarni himoya qilish monitoring tizimiga oid masalalar, shu jumladan BRM 16.2-vazifasi (bolalar va ayollarga nisbatan zo'ravonlikning barcha turlarini tugatish) hamda BRM 5-maqsadi (gender tenglikni ta'minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish) bilan bog'liq indikatorlar metodologiyasi masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakuniga ko'ra 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsadlarini yanada samarali amalga oshirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqildi.