Bosh prokuratura Akademiyasida BMT Modeli (MUN) o'tkazilishi

Bosh prokuratura Akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida Akademiya magistraturasi tinglovchilari, Vestminster universiteti va Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari ishtirokida ilk marotaba Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining Ishtirokchi-davlatlarda implementatsiyasi masalasiga bag'ishlangan BMT Modeli – amaliy o'yin belgilarini mujassam etgan konferensiya o'tkazildi.

Konferensiya ochilish marosimida Akademiya rahbariyati hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Markaziy Osiyo Mintaqaviy ofisi vakillari so'zga chiqishdi.

BMT Modeli ishtirokchilari imitatsiyaviy modellashtirish yo'li bilan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi Ishtirokchi-davlatlari delegatlari sifatida BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va odil sudlov komissiyasi (UN Crime Prevention and Criminal Justice Commission) yig'ilishini o'tkazishdi va uning yakuni bo'yicha tegishli rezolyutsiyani ishlab chiqib, muhokama qilishdi.